» » Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 33 nafarga yetdi

Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 33 nafarga yetdi


Toshkentda yashovchi 45 yoshli Z.da bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarda qayd etilishicha bemor kasallik alomatlariga qaramay shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmagan, uy sharoitida davolanishda davom etgan.

Oqibatda 2020-yilning 30-iyun kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Uning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli malakali shifokorlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va telemeditsina orqali bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 29 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют