» » “El-Klasiko”da zafar quchgan “Barselona” La liga peshqadamiga aylanib oldi

“El-Klasiko”da zafar quchgan “Barselona” La liga peshqadamiga aylanib oldi


Ispaniya La ligasining 33-turiga kelib “Real Madrid” va “Barselona” klublari joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor to‘qnash keldi. Tomonlarning birinchi davra “Kamp Nou”da o‘tgan o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

“Santyago Bernabeu” arenasida “Qirollik klubi”ni ta’qib qilib kelayotgan “Barselona” futbolchilari so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Lionel Messining hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda urgan goli Kataloniya klubini turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi.

Bunga qadar Zinedin Zidan boshqaruvida “Real” futbolchilari “El-Klasiko”ni boy berib ulgurmagandi. Kechagi o‘yinda garchi hisob Madrid klubi tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, yakunda omad “Barselona”ga kulib boqdi. Serxio Ramosning 77-daqiqaga kelib maydondan chetlatilgani o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

“Real”da chempion bo‘lish imkoniyati baribir saqlanib turibdi. Ayni paytga kelib har ikki klub bir xil ochkoga ega bo‘lsa-da, Zidan jamoasi bitta kam o‘yinda maydonga tushgan. Qoldirilgan bellashuv Vigoda “Selta”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasining yarim finaliga qadar yetib kelgan va Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga raqib bo‘lgan “Selta” kecha o‘z maydonida “Betis”ga imkoniyatni boy berdi.

La liga 33-turidan joy olgan qolgan o‘yinlar natijasi bilan shu havolada tanishish mumkin. Mazkur tur bugun bo‘lib o‘tadigan “Eybar” — “Atletik” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.

Ispaniya La ligasi
33-tur o‘yinlari
23-aprel, yakshanba

Gol: Villian, 28 (1:0).

Gol: Darko Brashanats, 54 (0:1).

Gollar: Kevin-Prins Boateng, 44 (1:0). Ibai Gomes, 61 (1:1).
Chetlatish: Marko Livayya, 86 (L).

Gollar: Kazemiro, 28 (1:0). Lionel Messi, 33 (1:1). Ivan Rakitich, 73 (1:2). Xames Rodriges, 85 (2:2). Lionel Messi, 90+2 (2:3).
Chetlatish: Serxio Ramos, 77 (R).

24-aprel, dushanba
“Eybar” — “Atletik” — 23:45

Опубликовано: admin (24-04-2017, 05:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют