» » Gvardiola Angliyadagi ilk mavsumida sovrinsiz qoldi. Kubok finalida “Chelsi” va “Arsenal” o‘ynaydi

Gvardiola Angliyadagi ilk mavsumida sovrinsiz qoldi. Kubok finalida “Chelsi” va “Arsenal” o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha Angliya kubogining finali London derbisiga aylanadigan bo‘ldi.

Yarim finalning ikkinchi o‘yinida Arsen Venger boshchilik qilayotgan “Arsenal” futbolchilari “Manchester Siti” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda hisob “shaharliklar” tomonidan ochilganiga qaramay, yakunda “Arsenal” o‘z irodasini namoyish qila oldi.

Shu tariqa Xosep Gvardiola Angliyadagi ilk mavsumida sovrinsiz qoladigan bo‘ldi. Uning jamoasi to‘rt frontda kurash olib bordi va ularning birortasida ham zafar qucha olmadi. Avvaliga Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Siti”, ayni paytga kelib APL chempionligi uchun imkoniyatlarini deyarli yo‘qotib bo‘lgan.

Angliya Liga kubogida Manchester shahrining boshqa bir klubi — “Yunayted” bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Angliya kubogi esa “Chelsi” yoki “Arsenal” klublaridan biriga nasib qiladi.

“Chelsi” yarim finalning birinchi o‘yinida APL chempionligi uchun kurashayotgan “Tottenhem” bilan bellashib, 4:2 hisobida zafar quchgandi.

Angliya kubogi
Yarim final
23-aprel, yakshanba

Gollar: Serxio Aguero, 62 (0:1). Nacho Monreal, 71 (1:1). Aleksis Sanches, 101 (2:1).

Опубликовано: admin (24-04-2017, 05:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют