» » Xavi “Barselona”ga qaytmaydi, u “As-Sadd” bilan shartnomani uzaytirdi

Xavi “Barselona”ga qaytmaydi, u “As-Sadd” bilan shartnomani uzaytirdi


Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning qatarliklar bilan yangi kelishuvi 2020/21-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

“As-Sadd” jamoasini shug‘ullantirishda davom etishdan mamnunman. Jamoaning maqsadi — barcha sovrinlar uchun kurashish”, — deydi Xavi.

Xavi 2019-yilning yozida “As-Sadd” bosh murabbiyiga aylangandi. Mutaxassis “bo‘rilar” bilan 2019/20-yilgi mavsumda Qatar Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Unga qadar futbolchi mazkur klub safida to‘p surgan.

Avvalroq Xavi mavsum yakunida “Barselona” bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют