» » Butun dunyoda COVID-19’dan tuzalganlar soni 6 mln nafardan oshdi

Butun dunyoda COVID-19’dan tuzalganlar soni 6 mln nafardan oshdi


Dunyo bo‘yicha koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 6 million nafardan oshdi. Bu haqda AQShning Jons Hopkins universiteti onlayn tarzda taqdim etib borayotgan COVID-19 haqidagi statistik ma’lumotlarda keltirilgan.

5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 holatiga ko‘ra, koronavirusdan tuzalganlar soni 6 111 195 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘ayganlarning aksar qismi Braziliya (1 013 951 nafar), AQSh (894 325 nafar), Rossiya (449 995 nafar), Hindiston (409 083) va Chili (257 451) kabi mamlakatlar fuqarolari hisoblanadi.

Tuzalganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlar kasallanish ko‘rsatkichida ham peshqadam bo‘lib turibdi. Xususan, AQShda dunyodagi koronavirus yuqtirib olish holatlarining chorak qismi — 2 841 124 kishida COVID-19 aniqlangan. Braziliyada kasallanganlar soni 1,5 million nafardan oshib ketgan, Rossiyada 680 ming nafardan ziyod, Hindistonda 673 mingdan ko‘proq, Chilida qariyb 292 ming bemor infeksiyani yuqtirib olgan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 304 534 nafarga yetgan. Pandemiya qurbonlarining soni 531 659 nafarni tashkil qilmoqda. Eng ko‘p o‘lim holati AQShda kuzatilgan — 129 689 nafar odam. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (64 265), Buyuk Britaniya (44 283), Italiya (34 854), Meksika (30 366), Fransiya (29 896) va Ispaniya (28 385) egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 23-iyunda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 9 milliondan, 28-iyun kuni 10 milliondan, 4-iyulda esa 11 milliondan oshib ketgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4-iyul kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishning yangi rekord ko‘rsatkichini qayd etgan. Shu kuni bir sutka ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 212 326 kishiga ortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют