» » APL. “Liverpul” o‘z uyida autsayderni taslim etdi

APL. “Liverpul” o‘z uyida autsayderni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 33-turida “Liverpul” 5-iyul, yakshanba kuni “Aston Villa”ni mehmon qildi.

Uchrashuvda hisob 71-daqiqaga kelib ochildi: Sadio Mane qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi. O‘yin yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Kyortis Jons mersisaydlarning ikkinchi golini urdi.

Chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygan “Liverpul” ochkolarini 89 taga yetkazib oldi. “Aston Villa” (27) esa 18-pog‘onadan qoldi.

APL

33-tur bahsi

5-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 71 Mane, 2:0 – 89 Jons.

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Robertson (Uilyams, 90), Aleksander-Arnold, Gomes, Fabinyo (Henderson, 61), Keyta (Jons, 85), Oksleyd-Chemberlen (Veynaldum, 61), Mane, Saloh, Origi (Firmino, 60).

“Aston Villa”: Reyna, Mingz, Teylor, Konsa, Hoz, Duglas Luis, Grilish, El-Gazi (Xota, 74), Makginn, Trezege (Vasilev, 85), Devis (Samatta, 74).

Ogohlantirishlar: Robertson (21), Makginn (36).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют