» » RPL. “Zenit” muddatidan avval Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi

RPL. “Zenit” muddatidan avval Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 26-turida “Zenit” 6-iyun, yakshanba kuni “Krasnodar” maydoniga safar qildi.

Sardor Azmunning dubli, Artyom Dzyuba va Aleksey Sutorminning gollariga mezbonlar Daniil Utkinning ikkita goli bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng piterliklar ochkolarini 62 taga yetkazib oldi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bu “Zenit” uchun oltinchi chempionlik bo‘ldi. Shuningdek, “Zenit” olti yil deganda ilk bor Rossiya chempionligini himoya qila oldi.

RPL

26-tur bahsi

5-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 5 Azmun, 1:1 – 29 Utkin, 1:2 – 45, penalti Dzyuba, 2:2 – 50 Utkin, 2:3 – 52 Azmun, 2:4 – 72 Sutormin.

“Krasnodar”: Safonov, Martinovich, Petrov, Ramires (Sergeyev, 76), Pantaleao, Olsson (Kabella, 76), Vanderson, Vilena (Suleymanov, 69), Gazinskiy, Utkin (Fernandesh, 76), Berg (Onugxa, 82).

“Zenit”: Lunev, Ivanovich, Rakitskiy, Duglas Santos, Karavayev, Kuzyayev (Sutormin, 66), Barrios, Ozdoyev (Jirkov, 46), Malkom (Rigoni, 82), Azmun (Driussi, 66), Dzyuba (Yeroxin, 88).

Ogohlantirishlar: Barrios (22), Kuzyayev (45), Petrov (46), Olsson (56), Vilena (58), Martinovich (60), Berg (73), Driussi (78).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют