» » Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi taxmin qilindi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi taxmin qilindi


Yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining ikkinchi to‘lqini noyabr—dekabr oylarida kutiladi. Bu haqda Butunjahon shifokorlar kasaba uyushmasi (WMA) sobiq rahbari Leonid Eydelman “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Eydelmanning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning ikkinchi to‘lqiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak, chunki u vaqtda COVID-19 O‘RVI epidemiyasi davrida parallel ravishda tarqalishi mumkin.

“Noyabr—dekabr oylarida har yili respirator kasalliklar davridagi kabi o‘sish bo‘lishini tushunish lozim. Shu sababli kasallarni bir-biridan ajratish oson kechmaydi, ikkala infeksiyaga chalinganlar ham yo‘taladi, aksiradi. Oqibatda bu umumiy muammoga aylanadi”, — degan vrach.

Mavzuga doir: JSST: “Bir qator davlatlarda koronavirusning ikkinchi eng yuqori cho‘qqisi kuzatilmoqda”

Eydelman noyabrda sog‘liqni saqlash tizimi vaziyatga ixchamlashgan holda tayyorlanishi lozimligini qayd etdi. Uning fikricha kuzgi to‘lqin yozdagi karantin cheklovlaridan keyin kuzatilgan vaziyatdan ham og‘irroq keladi.

Shifokorning aytishicha hozir COVID-19 bilan kasallanganlar soni butun dunyoda o‘sib bormoqda. Ayrim davlatlar, masalan Italiya hamda Germaniyada o‘sish ko‘rsatkichi u qadar yuqori emas. Biroq Hindistonda sezilarli darajadagi katta o‘sish sur’ati kuzatilmoqda.

“Kasallanganlar soni aslida infeksiya yuqtirib olgani aniqlanganlar sonidan ancha ko‘p”, — deya qo‘shimcha qilgan Eydelman.

Mavzuga doir: Ekspertlar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют