» » iPhone 12 modeli suratlarda iPhone 7 va SE bilan o‘zaro taqqoslandi

iPhone 12 modeli suratlarda iPhone 7 va SE bilan o‘zaro taqqoslandi


Apple kompaniyasi o‘zining so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng kichkina modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

MacRumors saytida iZac niki ostidagi foydalanuvchi 5,4 dyuymli ekranga ega iPhone 12 modeli maketining eski smartfonlar bilan taqqoslangani tasvirlangan suratlarni chop etdi. O‘lchami jihatidan u iPhone SE (4 dyuym) hamda iPhone 7 (4,7 dyuym) oralig‘idan joy oladi.

iPhone 12 yangi lineykadagi eng hamyonbop smartfonga aylanadi, unga 5,4 dyuymli OLED-displey, turli mish-mishlarga ko‘ra, yangi modelga ikkitalik yoki uchtalik kamera, yangi Apple A14 protsessori o‘rnatiladi. Biroz qimmatroq turuvchi 12 Pro va 12 Pro Max kabi modellari ham xuddi shu protsessorga ega bo‘ladi.

iPhone 12 o‘zidan oldingi modellardan nafaqat o‘lchamining kichikligi, balki materiallari bilan ham farq qiladi — unga po‘lat o‘rniga alyuminiy ishlatiladi. Shuningdek, smartfonlarning Pro versiyasida qo‘shimcha reallik, obyekt 3D-kamerai (lidar) paydo bo‘ladi.

Keyinroq Apple mazkur flagmanning kattaroq versiyasini ham taqdim etadi — 6,1 dyuym ekranga ega iPhone 12 Max. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘zining yangi qurilmalarini oktabr yoki noyabr oyida taqdim etadi. Koronavirus sabab kompaniya sentabr oyida o‘tkaziladigan an’anaviy tadqimotlaridan voz kechishga majbur.

Ta’kidlanishicha, iPhone 12 2019-yilda taqdim etilgan iPhone 11 modelidan 50 dollarga arzonroq bo‘ladi — 700 dollar atrofida.

Avvalroq Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqarishi, smartfon qutisi esa ingichkalashishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: iPhone pasport va haydovchilik guvohnomasi o‘rnini egallaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют