» » Andijonda 60 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 10 143 nafarga yetdi

Andijonda 60 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 10 143 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 123 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 10 143 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari

Ayni paytda O‘zbekistonda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 3524 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-iyul kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi. Uch kishi vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют