» » O‘zbekistonda gaz ta’minoti sohasiga xususiy operatorlar jalb qilinadi

O‘zbekistonda gaz ta’minoti sohasiga xususiy operatorlar jalb qilinadi


Toshkentda va hududlarda gaz ta’minoti obyektlarining bir qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlarning vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 20-apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Sinov loyihasi doirasida Toshkentda xususiy operatorga Bektemir tumanining “Bektemirtumangaz” tuman ekspluatatsiya xizmati obyektlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qoraqalpog‘istonda “Kegeylitumangaz”, Andijon viloyatida “Shahrixontumangaz”, Buxoroda — “Kogontumangaz”, Jizzaxda — “Zomintumangaz”, Qashqadaryoda — “Qarshitumangaz”, Navoiyda — “Qiziltepatumangaz”, “Namanganda — “Namangantumangaz”, Samarqandda — “Narpaytumangaz”, Surxondaryoda — “Jarqo‘rg‘ontumangaz”, Sirdaryoda — “Yangiyershahargaz”, Toshkentda — “Yangiyo‘ltumangaz”, Farg‘onada — “Oltiariqtumangaz” va Xorazm viloyatida esa “Yangiariqtumangaz” filiali obyektlari vakolatli boshqaruvga o‘tadi.

Vakolatli boshqaruv 1-iyundan joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Xususiy operatorlar tanlov bo‘yicha saralab olinadi. Ular uchun gaz savdosi hajmining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan komissiya mukofoti ko‘zda tutilgan.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют