» » AQShda ikkita samolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

AQShda ikkita samolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


AQShning Aydaho shtatidagi Ker-d’Alene ko‘li ustida ikkita yengil motorli samolyot to‘qnashdi, deya xabar beradi “RBK”.

Hodisa 5-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:20 da yuz bergan. To‘qnashuvdan so‘ng ikkala samolyotning qoldiqlari ko‘lga tushib, cho‘kib ketgan.

Mavzuga doir: Germaniyaning Frankfurt aeroportida ikki yo‘lovchi samolyoti to‘qnashdi

Samolyot bortidagi sakkiz kishi halok bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Qayd etilishicha, hozircha ikki kishining jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.

Cho‘kkan samolyot qoldiqlari 38 metr chuqurlikda ekanligi maxsus datchik yordamida aniqlangan.

Ilgari ham AQShda bunday hodisalar sodir bo‘lgan. Xususan, 2019-yilda Texas shtatidagi San-Antonio xalqaro aeroportida ikki xususiy samolyot to‘qnashib ketgan. Shuningdek, Alyaska shtatida ikki gidrosamolyot to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq Rossiyaning Rostov viloyatidagi Stojki qishlog‘i osmonida ikkita yo‘lovchi samolyot to‘qnashuvining oldi olingani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют