» » Superliga. “Nasaf” o‘z uyida “Metallurg”ni sinovdan o‘tkazadi, “Andijon” Navoiyga safar qiladi

Superliga. “Nasaf” o‘z uyida “Metallurg”ni sinovdan o‘tkazadi, “Andijon” Navoiyga safar qiladi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasi 8-tur bahslariga 6-iyul, dushanba kuni start beriladi.

Toshkentda “Lokomotiv” jamoasi Ravshan Haydarov boshqaruviga o‘tgan “Surxon”ni qabul qiladi. Aslida ushbu bellashuv Termizda o‘tishi kerak edi. Biroq Termiz shahri koronavirus pandemiyasi sabab “qizil” hudud sifatida qayd etilgan. Shu boisdan o‘yin “sariq” hudud — Toshkentga ko‘chirilgan. Qayd etish joiz, “Surxon” ketma-ket to‘rtinchi bahsni safarda o‘tkazadi. Klub beshta turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. “Lokomotiv” esa ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘tgan turda “Qizilqum”ni yengishga muvaffaq bo‘lgandi.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanadi. Bahsni “Mahalla” telekanali orqali kuzatish mumkin. O‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

So‘nggi ikki turda “Paxtakor” va “Lokomotiv”ga yutqazgan Tachmurod Agamurdov shogirdlari bu safar “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Navoiyliklar so‘nggi to‘rtta bellashuvda bitta ham gol ura olmay mag‘lubiyatga uchradi. “Andijon” bo‘lsa, so‘nggi ikki turda (“So‘g‘diyona” va “Bunyodkor”) durang qayd etdi.

Uchrashuv 20:00 da boshlanadi. O‘yinni “Oilaviy” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin. Bahsni Akobirxo‘ja Shukrullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Kun taqvimidan o‘rin olgan yana bir bahs Qarshida kechadi. O‘tgan turda Olmaliqda mag‘lub bo‘lgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Qayd etish o‘rinli, Andrey Shipilov shogirdlari o‘tgan turda “Buxoro”ni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.

O‘yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi. Bellashuvni “Sport” telekanali 20:00 dan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qiladi.

Coca-Cola Superliga

8-tur bahslari

6-iyul, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют