» » Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo’yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi


Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiya davridan buyon koronavirusga chalinganlar soni 697 413 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bo‘lib kelayotgan Rossiyadan o‘zib ketdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch kun ichida Hindistonda kunlik kasallanishlar soni 20 ming kishidan oshgan. Times of India nashrining yozishicha, so‘nggi sutkaning o‘zida 24 248 kishida virus aniqlangan.

COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha mamlakat dunyo bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda. Hindistonda koronavirus asoratlaridan jami 19 693 kishi vafot etgan.

Mamlakatdagi eng og‘ir vaziyat Maharashtra shtatida (yirik shahri Mumbay) kuzatilmoqda. Shuningdek, Assam va Uttar-Pradesh shtatlarida ham vaziyat yomonlashmoqda. Shu bilan birga, hukumat bir qator sharqiy viloyatlarda vaziyat yaxshilanayotganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Hindistonlik erkak koronavirusdan himoyalanish uchun o‘ziga 4 ming dollarga tilla niqob yasattirdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni may oyidan boshlab keskin ko‘tarilishni boshlagan. Mamlakat hukumati kasallanganlar soni minimal bo‘lgan hududlarni izolyatsiya rejimidan bosqichma-bosqich chiqarishni boshladi. 8-iyun kuni ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlarining ochilishga ruxsat berildi. Epidemiologik xavfli deb topilgan joylarda izolyatsiya rejimi 30-iyungacha uzaytirildi.

Avvalroq butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishning yangi rekord ko‘rsatkichi qayd etilgani, COVID-19’dan tuzalganlar soni 6 million nafardan oshgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют