» » Ansu Fati “Barselona”ning 9000-golini urdi

Ansu Fati “Barselona”ning 9000-golini urdi


“Barselona” Ispaniya La Ligasining 34-turida “Vilyarreal”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Ko‘k-anorranglilar”ning 4-goli hujumkor yarim himoyachi Ansu Fati tomonidan kiritildi. Ushbu gol Kataloniya klubi tarixidagi 9000-gol bo‘ldi. 17 yoshli Fati esa o‘zining Ispaniya chempionatidagi 6-golini urdi.

Ma’lumot uchun, Fati 2019-yilning 25-avgust sanasida “Barselona” safida debyut qilgan. U umumiy hisobda La Ligada 21 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Barselona” 34-turdan keyin 73 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa birinchi pog‘onadagi “Real”dan 4 ochkoga orqada qolmoqda.

Mavzuga doir: 17 yoshli Ansu Fati yana bir natijasi sabab La Liga tarixidan joy oldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют