» » FVV “Qamchiq” dovonida uzunligi 40 metrga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘lganligi haqida ogohlantirdi

FVV “Qamchiq” dovonida uzunligi 40 metrga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘lganligi haqida ogohlantirdi


A-373 M-39 “Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh” avtomobil yo‘lining 243,7 (166,7) kilometrida (Namangan viloyati Pop tumani hududi) vodiy yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomonida, 80 m balandlikda mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida uzunligi 40 m ga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Shu bois, avtoulovlar harakatlanishining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, avtomobil yo‘lining 243,5 — 243,8 kilometri va 229,7 — 230 kilometrlar oraliqlarida O‘sh yo‘nalishidagi yarmida avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklatilib, Toshkent yo‘nalishidagi yarmi orqali ikki tomonlama harakat amalga oshirilmoqda.

Ushbu hududda xavf bartaraf etilmagunga qadar FVV, IIV YPX, “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlaridan iborat tun-u kun navbatchilik tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarnomasi:

A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 153 (230) kilometrida yer ko‘chkisi bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFK xodimlari bilan hamkorlikda xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda “Diqqat tuproq ko‘chish xavfi bor”, “To‘xtash mumkin emas” va “To‘xtab turish taqiqlanadi” yo‘l belgilari o‘rnatildi hamda xavfsizlik nuqtayi nazardan ikki tomonlama harakat yo‘lning bir tomoniga o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют