» » Toshkentda 43 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi

Toshkentda 43 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi


Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon -tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Uchtepa tumanida yashovchi 43 yoshli A. ismli erkak bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan.

2-iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasiga ko‘ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Bemorga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. SSV xabarida bemorning qaysi kuni olamdan o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

43 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi 36-bemor bo‘ldi. Oxirgi besh nafar bemor Toshkentda hayotdan ko‘z yumdi.

Bungacha O‘zbekistonda 35 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют