» » Serxio Ramos Yevropada mavsum qayta boshlanganidan so‘ng gol urish bo‘yicha Ronaldu va Messini ortda qoldirmoqda

Serxio Ramos Yevropada mavsum qayta boshlanganidan so‘ng gol urish bo‘yicha Ronaldu va Messini ortda qoldirmoqda


“Real” himoyachisi Serxio Ramos La Liganing 34-turidan o‘rin olgan “Atletik”ga qarshi o‘yinda (1:0) yagona golga mualliflik qildi. 34 yoshli futbolchi 73-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa Ramos joriy mavsum barcha musobaqalardagi o‘zing 12-golini urdi. U Karim Benzemadan (22) keyin “Real”ning ikkinchi to‘purari sanaladi. Shuningdek, Ramos La Liga tarixidagi eng samarali himoyachidir (71 ta gol).

Bundan tashqari, 34 yoshli Ramos Yevropada mavsum qayta boshlanganidan so‘ng gol urish bo‘yicha “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni gollar soni bo‘yicha ortda qoldirmoqda. Restartdan so‘ng Messi 4 ta gol urgan bo‘lsa, Ronalduning hisobida hozircha 3 ta gol mavjud.

Madridliklar musobaqa yakunlanishiga 4 tur qolganida 2-o‘rinda borayotgan “Barselona”dan (73) 4 ochkoga oldinda bormoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют