» » Milliy kutubxonada Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Milliy kutubxonada Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2017-yil 20-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘raevning Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan “Yurak bo‘ronlari” deb nomlangan kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kutubxona rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tadbirda adiblar, san’atshunoslar, san’atkorlar, Zokirovlar sulolasi vakillari, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov o‘zi uchun hamisha ibrat bo‘lib kelgan akasi Botir Zokirov haqidagi xotiralarini esladi va kitob muallifi A.Jo‘rayevga o‘z minnatdorligini bildirar ekan, shunday fikrlarni izhor etdi: “Botir akamning hayotlari qisqa bo‘lsa-da, ammo yorqin, jo‘shqin va sermazmun o‘tdi. Biz ularning ijod ahli bilan bo‘lgan suhbatlarini e’tibor bilan tinglar edik. Men ularning o‘zbek milliy madaniyatining, millatining kelajagi uchun kuyinib gapirganlarini ko‘p eslayman. Ular turli janrlar: opera ariyalari, o‘zbek xalq va turli millatlar qo‘shiqlarining original ijrochisiga aylangan edilar. Bugun akam haqidagi o‘chmas xotiralarni “Yurak bo‘ronlari” kitobiga jamlab, bizga, qolaversa kelajak avlodga o‘qib, qiyinchiliklarni yengib yashashga yordam beradigan asar sifatida bizga armug‘on etgan A.Jo‘rayevga oilamiz nomidan minnatdorlik bildiraman”.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют