» » O‘zbekistonda 7-iyul kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda 7-iyul kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi


“O‘zgidromet” 7-iyul, seshanba kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund  tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют