» » “Bir kecha dam olish narxi 20 millionlik joylar ham bor”. Aziz Abduhakimov Bo‘stonliqdagi “dacha”larning narxini tanqid qildi

“Bir kecha dam olish narxi 20 millionlik joylar ham bor”. Aziz Abduhakimov Bo‘stonliqdagi “dacha”larning narxini tanqid qildi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga 2-iyul kuni tashkil etilgan press-tur davomida bosh vazir o‘rinbosari — Turizimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Bo‘stonliqdagi “dacha”larning narx-navosiga tanqidiy munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli bu yil aholida chet elga chiqish imkoniyati deyarli yo‘q, O‘zbekistonning o‘zida hordiq chiqarishga to‘g‘ri keladi. Shunday joylardan biri Bo‘stonliq, biroq so‘nggi yillarda hududdagi dala-hovlilarda ijara narxi sezilarli oshib ketgan.

“Bo‘stonliqdagi dala-hovlilar avvallari xususiy uylar edi. Yillar mobaynida boshqa hududlarda yashovchilar, asosan toshkentliklar kelib, bu uylarni sotib olib, villa ko‘rinishiga keltirdi. Oxirgi yillarda bu yerdagi ‘dacha’larning narxi ikki barobarga oshib ketdi. 2019-yili o‘rtacha narxi 600—800 ming so‘m bo‘lgan joylar bu yil 1,5—2 millionga ham chiqqan. Bundan-da qimmat, bir kecha qolib dam olish narxi 10, 15, 20 million so‘m bo‘lgan joylar ham bor”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Uning ta’kidlashicha, narxlarning bunday oshishi oqibatida aksariyat o‘zbekistonliklar bu yerlarga kelib, dam olishga moddiy jihatdan qiynalmoqda. “Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliqda dam olgandan ko‘ra, masalan, Turkiyaga borib hordiq chiqarish arzonroqqa tushadi, degan e’tirozli fikrlarni ham o‘qiyapmiz”, — dedi Aziz Abduhakimov.

Ma’lum qilishlaricha, hududdagi vaziyatni o‘zgartirish maqsadida Prezident ko‘rsatmasiga asosan yangi reja ishlab chiqilgan, arxitektorlar va boshqa mutaxassislar tomonidan “Chorvoq” turistik zonasining bosh rejasi tayyorlangan.

“Rejaga ko‘ra, aholiga qulay, arzon va xavfsiz sharoitlar yaratib beriladi. Shu nuqtai nazardan bu yerda infrastrukturani ham joyiga keltirish kerak. Yo‘llarning sifatini yaxshilash zarur. Turistik zona bosh rejasida qaysi joyda dam olish maskanlari, qayerda barcha dam olish maskanlariga xizmat ko‘rsatuvchi umumxo‘jalik infratuzilma barpo etilishi ko‘rsatilgan. Sanatoriy tipdagi dam olish maskanlaridan voz kechib, uch-to‘rt qavatli zamonaviy mehmonxonalar qurish ko‘zda tutilmoqda”, — dedi u.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют