» » Xiaomi qahvani xush ko‘ruvchilar uchun “aqlli” gadjetni taqdim etadi

Xiaomi qahvani xush ko‘ruvchilar uchun “aqlli” gadjetni taqdim etadi


Xiaomi kompaniyasi Mijia brendidagi “aqlli” uyi uchun mahsulotlar lineykasini rivojlantirishda davom etmoqda. Bu safar Xitoy ishlab chiqaruvchisi Mijia Capsule Coffee Machine nomli kapsula qahva mashinasini yaratish uchun kraudfanding kampaniyasini e’lon qildi, deb xabar beradi Gizmochina.

Xiaomi bayonotida aytilishicha, Mijia Capsule Coffee Machine yordamida bitta tugmani bosish orqali yaxshi qahva tayyorlash mumkin. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi minimalizm dizayniga ega bo‘lib, korpus to‘liq oq rangda ishlangan.

Qahva mashinasi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilmagan. Asosiy ma’lumotlar 8-iyul kuni kraudfanding kampaniyasi boshlanganidan so‘ng e’lon qilinadi. Qurilma Mijia lineykasiga tegishli bo‘lgani sabab u Xiaomi “aqlli” uyining ekotizimi bilan integrallashadi. Ya’ni u kamida smartfon yordamida qo‘llab-quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Mablag‘larni yig‘ish vaqtida qurilmani 349 yuanga (49 dollar) buyurtma qilish mumkin. Mablag‘ yig‘ish rasman e’lon qilingach, qahva mashinasining narxi 399 yuanga chiqadi (56 dollar).

Eslatib o‘tamiz, may oyining oxirlarida Xiaomi jamoaviy moliyalashtirish platformasi orqali Smart Lock E “aqlli” qulfini 126 dollardan taqdim etgandi. Ikki kun ichida qulf uchun yig‘ilgan mablag‘lar kompaniya kutganidan 1000 foizga oshib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют