» » Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Surxon”ni bazo‘r mag‘lub etdi

Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Surxon”ni bazo‘r mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 8-turida “Lokomotiv” 6-iyul, dushanba kuni “Surxon”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Farrux Ibrohimov “temiryo‘lchilar”ni oldinga olib chiqdi. Oradan o‘n daqiqalar o‘tib mehmonlar javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Jahongir Mehmonov standard vaziyatdan so‘ng yuzagan kelgan imkoniyatini ko‘kka sovurmadi.

Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi: 68-daqiqada Marat Bikmayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv”ning ochkolari 12 taga yetdi va jamoa 8-o‘rinda qoldi. “Surxon” (4) esa 12-pog‘onada bormoqda.

Coca-Cola Superliga

8-tur bahsi

6-iyul, dushanba

Gollar: 1:0 – 20 Ibrohimov, 1:1 – 31 Mehmonov, 2:1 – 68 Bikmayev.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov (Kamron Saidazimov, 81), Davron Umirov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev (Oybek Qilichev, 72), Avazbek O‘lmasaliyev (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 63), Davron Hoshimov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev (Javohir Alijonov, 63), Diyorjon Turopov, Farruxjon Ibrohimov.

“Surxon”: Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan, Nuriddin Hasanov (Shavkat Salomov, 70), Husniddin G‘ofurov (J), A’zamjon Aliyev (Aziz Ibragimov, 87), Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov (Asror G‘ofurov, 83).

Ogohlantirishlar: G‘ofurov (33), O‘lmasaliyev (42), Hoshimov (61), Ibragimov (92).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют