» » O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda


Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta-ta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish jarayoni soddalashtirilganini ma’lum qildi.

“Koronavirus pandemiyasi sharoitida farzandingizni maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to‘planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-yil 6-iyuldan boshlab 2020/2021-o‘quv yiliga qabul qilishning elektron navbat tizimi yaratildi.

1-sinf qabuliga navbatga turish internet tarmog‘idagi ‘www.qabul.maktab.uz’ veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi”, — deyilgan vazirlik axborot xizmati bergan xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilarining qabuli 6-iyuldan boshlanishi, 1-iyuldan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga qabul jarayoni boshlangani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют