» » Ravshan Haydarov: “Surxon” boshqaruvidagi debyut o‘yinim omadli chiqmaganidan afsusdaman

Ravshan Haydarov: “Surxon” boshqaruvidagi debyut o‘yinim omadli chiqmaganidan afsusdaman


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” — “Surxon” uchrashuvidan (2:1) so‘ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab “Surxon” boshqaruvida debyut o‘yininini o‘tkazgan Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin qiziqarli, tengma-teng kurashlarga boy bo‘ldi. Ikkala jamoa ham futbol o‘ynashga harakat qildi. “Lokomotiv” safida mahoratli futbolchilarni ko‘pligi va yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish qobiliyati kuchliligi g‘alabada muhim rol o‘ynadi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha bizni jamoa ham yomon harakat qilmadi.

Bizdagi kamchiliklardan biri vaziyatlardan foydalana olmaslik bo‘ldi. Afsuski, “Surxon” jamoasidagi ilk o‘yinim omadli chiqmadi. Lekin, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz, tahlil qilamiz. Ko‘rib turibman jamoada potensial bor. O‘ylaymanki, barchasi o‘z yo‘liga tushib ketadi. Hali ochkolar jamg‘aramiz.

“Surxon” jamoasi rahbariyatidan taklif tushganidan keyin ular bilan gaplashdim. Men hali U-23 terma jamoasiga mas’ulman, rahbariyat bundan xabardor edi. Bo‘lajak olimpiya terma jamoasini shakllantirish va boshqalar bo‘yicha rejalarimiz pandemiya sabab o‘zgarib ketdi. Shuning uchun taklif tushgach bir hafatacha o‘yladim. Murabbiylik amaliyotida bo‘lish uchun taklifga rozilik berdim. Jamoani bir nechta o‘yinlarini kuzatdim. Tarkibda tajribali futbolchilar bor. Bunday tajribali futbolchilar bilan o‘zgacha o‘yin uslubini ishlab chiqish mumkin. Yosh futbolchilar bilan boshqa o‘yin uslubini joriy qilishimiz mumkin. Ish jarayonida qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish haqida ko‘rib chiqamiz”, — deydi Haydarov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov qatnashdi.

“Restartdagi ilk g‘alabadan keyin ruhiy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor berdik. Biz barcha o‘yinlarni og‘ir deb hisoblaymiz. Hozirda murabbiylar shtabi bilan nafaqat kelgusi turdagi raqib, balki, chempionatning barcha o‘yinlarini kuzatib borishga harakat qilyapmiz. Biror jamoa oson o‘yin o‘tkazmayapti. O‘tgan turda “Qizilqum” mag‘lub etilganidan keyin ayrim muxlislar “Loko” o‘ziga kelib oldi, endi barcha raqiblar yanchib tashlansa kerak deb o‘yladi. Yo‘q.

O‘tgan g‘alabadan keyin kichik davr mobaynida futbolchilarni “Surxon”ga qarshi o‘yin yanada og‘irroq bo‘lishini tushuntira olganimiz va bunga erishganimizga xursandman. Shuningdek, futbolchilar ham bizning barcha gaplarimizni, yo‘riqlarimizni to‘g‘ri tushunmoqda. Biror jamoa ochkolarni shundoq berib qo‘ymayapti, ochkolarni tortib olish kerak. Buning uchun esa juda kuchli xarakter va kasbga fidoiylik bo‘lishi kerak. Yigitlarga rahmat, bugun biz haqli g‘alabaga erishdik”, — deydi Fyodorov.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv”ning ochkolari 12 taga yetdi va jamoa 8-o‘rinda qoldi. “Surxon” (4) esa 12-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют