» » Xitoyda koronavirusdan ham xavfli bo‘lgan qora o‘lat tarqaldi

Xitoyda koronavirusdan ham xavfli bo‘lgan qora o‘lat tarqaldi


Xitoy shimolidagi Bayan-Nur shahrida qora o‘lat xavfining uchinchi darajasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “RBK” Sinxua’ga tayanib.

Kasallanish holati Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida qayd etilgan. Bayan-Nur kasalxonasiga hayot uchun xavfli bo‘lgan ushbu infeksiyaga chalingan bemor keltirilgan.

Bayan-Nur shahri sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ayni paytda qora o‘latning Bayan-Nur shahrida tarqalishi xavfi mavjud. Shu munosabat bilan sug‘urlar va boshqa hayvonlarni ovlash, ularni iste’mol qilish taqiqlanadi. Shuningdek, aholi tana harorati yuqori odamlarning to‘satdan vafot etgani haqida rasmiylarni xabardor qilishi lozim.

Tibbiyot fanlari doktori, o‘ta xavfli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan rossiyalik Vladislav Jemchugovning aytishicha, Xitoy va Mo‘g‘uliston o‘latning ming yillardan buyon tabiiy o‘choqlari hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda qora o‘lat tarqalganining hech ajablanarli tomoni yo‘q. “U yerda maxsus xizmatlar bor, Mo‘g‘ulistonda ham tegishli xizmatlar bor. Shunday ekan, buning hech qanday qo‘rqinchli tomoni yo‘q”,— degan u.

Infeksionistning ta’kidlashicha, Rossiyaning Osiyo mamlakatlariga chegaradosh ayrim hududlari — Oltoy, Tuva, Irkutsk viloyati ham qora o‘latning tabiiy o‘chog‘i hisoblanadi.

“Bu haqiqatdan ham tez-tez sodir bo‘lib turadi — kuzda Xitoyda, bizda esa bir necha yil avval Oltoyda sodir bo‘lgandi”, — deydi Jemchugov. Uning qo‘shimcha qilishicha, mahalliy aholi sug‘urlar, yumronqoziqlarni yeydi. Uning bildirishicha, hozirda Xitoyda harbiylar ishtirokida haqiqiy karantin e’lon qilindi. Chunki qora o‘lat xavflilik darajasiga ko‘ra, koronavirusdan ham birinchi o‘rinda turadi.

Ma’lumot uchun, qora o‘lat kemiruvchilar (yumronqoziq, sug‘urlar, qum sichqonlari, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar)da yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.

O‘lat mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yo‘l bilan (masalan, burga chaqqanda), ba’zan kasal hayvon go‘shtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan go‘sht ishlatilganda yuqadi.

Kasallikning o‘ziga xos xususiyati limfa tugunlarining og‘riqli yallig‘lanishi hisoblanib, buning ortida g‘urralarga o‘xshash bezlar hosil bo‘ladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-6 kunni tashkil qiladi.

Qora o‘latning tarqalishining odatiy usuli kalamush—burga—odam sxemasi hisoblanadi, ammo o‘tmishdagi keng miqyosli epidemiyalar paytida odam—burga—odam sxemasi bo‘yicha o‘latga chalingan kishi infeksiyaning manbasi bo‘lishi mumkin.

Mazvuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют