» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi “Kovipir” dori vositasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi “Kovipir” dori vositasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Nobel Pharmsanoat kompaniyasi favipiravir faol moddasi asosida “Kovipir” nomli koronavirusga qarshi dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi, deb xabar beradi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.

Kompaniyaning sifat bo‘yicha direktori Shamshod Sharipov so‘zlariga ko‘ra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning Toyama Chemical kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.

RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy ta’siri isbotlangan bo‘lib, 2020-yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llana boshlangan.

Mavzuga doir: Koronavirusni davolashga mo‘ljallangan ilk dori vositasining Yevropa Ittifoqida sotilishiga ruxsat berildi

Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan e’tiboran “Avifavir” nomida “XimRar” va mamlakatning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Nobel Pharmsanoat koronavirusga qarshi ushbu “Kovipir” dori vositasini, eng avvalo, O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradi va xorijga eksportini ham amalga oshiradi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют