» » Isroil bosh vaziri mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni “favqulodda holat” deb atadi

Isroil bosh vaziri mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni “favqulodda holat” deb atadi


Isroilda koronavirusning takror avj olishi sababli favqulodda holat yuzaga kelgan. Bu haqda bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi Cursorinfo.

“Butun dunyo bo‘ylab avj olayotgan koronavirus hujumining markazidamiz. Biz favqulodda holatdamiz”, — deydi Netanyaxu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning ikkinchi to‘lqini tufayli mamlakatda qo‘shimcha cheklov choralari joriy etilishi kerak. Aks holda, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi bu to‘lqinga dosh berolmaydi.

Mavzuga doir: Isroilda koronavirus bilan kasallanishning yangi to‘lqini qayd etildi. Alohida shahar va tumanlar karantinga yopiladi

Koronavirus epidemiyasi bo‘yicha bosh vazirning maslahatchisi, professor Eli Vaxsmanning so‘zlariga ko‘ra, keyingi uch hafta ichida Isroilda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishda davom etadi.

Vaxsmanning fikricha, hukumat 20 dan ortiq kishining ommaviy yig‘ilishini taqiqlashni joriy qilishi va epidemiyani jilovlashni Mudofaa vazirligiga topshirishi kerak.

Jons Hopkins universitetining 6-iyul soat 11:30 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, Isroilda koronavirus bilan bog‘liq 29 958 ta holat tasdiqlangan. Shu kungacha bemorlarning 17 950 nafari sog‘aygan, 331 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют