» » Uxandagi laboratoriyada SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus 7 yil davomida saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi

Uxandagi laboratoriyada SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus 7 yil davomida saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi


Uxan virusologiya institutida 7 yil davomida butun dunyda pandemiya boshlanishiga sababchi bo‘lgan koronavirusga o‘xshash namunalar saqlangani ma’lum bo‘ldi. Koronavirus pnevmoniya bilan bir yo‘la olti nafari kasallangan Xitoy janubi-g‘arbidagi konchilardan olingan. Bu haqda The Sunday Times surishtiruviga tayanib Bloomberg xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha kasallangan kon ishchilarining uch nafari katta ehtimol bilan koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Nashr mazkur ma’lumotlarni taqdim qilishda rahbari tezkor tibbiy yordam bo‘limida ishlab bemorlarni davolagan shifokorning so‘zlariga tayangan.

Shuningdek, 2020-yil fevralida nashr qilingan COVID-19 haqidagi ma’lumotlarda koronavirusning 2013-yilda tarqalgan RaTG13 koronavirusiga 96,2 foizga o‘xshashi qayd etilgan. RaTG13 esa kon shaxtasidan topilgan.

Ammo may oyiga kelib Uxandagi virusologiya instituti direktori laboratoriyada RaTG13 virusining jonli nusxasi yo‘qligi, infeksiyaning bu yerdan tarqalgani haqidagi gap-so‘zlarda mantiq yo‘qligi haqida gapirgan.

Mavzuga doir: Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Keyinchalik britaniyalik olim koronavirus kelib chiqishining yana bir taxminini ilgari surdi va SARS-CoV-2 virusi doim mavjud bo‘lgani va hamisha uyqu rejimida nofaol bo‘lganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari COVID-19’ning Xitoy hududidan tashqarida paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni inkor qilgan, biroq avval virusning butun dunyo bo‘ylab harakatlangan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют