» » Parijdagi Luvr muzeyi uzoq muddatli tanaffusdan keyin qayta ochildi

Parijdagi Luvr muzeyi uzoq muddatli tanaffusdan keyin qayta ochildi


Fransiya poytaxti Parij shahrida qariyb to‘rt oylik karantindan keyin Luvr muzeyi o‘z faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Muzey tomonidan ma’lum qilinishicha, u 6-iyuldan boshlab o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Qayd etilishicha, tashrif buyuruvchilar uchun zallarning 70 foizi ochiq bo‘ladi. Muzey tashrif buyuruvchilarni sabrsizlik bilan kutayotgan bo‘lsa-da, ular yuqori sanitar xavfsizlik sharoitlarida qabul qilinadi. Xususan, muzeyga tashrif buyuruvchilarning barchasi hech qanday istisnosiz muzey sayti orqali u yerga tashrifning aniq vaqtini ko‘rsatgan holda talon olishi kerak bo‘ladi. Muzey ma’muriyat tomonidan ta’kidlanishicha, chiptalarni muzeyning o‘zida ham sotib olish mumkin, biroq buning uchun yetarlicha joy bo‘lishi va keluvchilar oqimi kam bo‘lishi kerak.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar muzeyni aylanish chog‘ida qarama-qarshi kelib qolmasligi uchun tomosha faqat bir yo‘nalishda va bir tomonga harakat orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, muzey xodimlari va tashrif buyuruvchilar niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashi zarur.

Muzey direktori Jan-Lyuk Martinezning ma’lum qilishicha, eng yaxshi holatda muzeyga o‘tgan yilning yozidagi tashrif buyuruvchilarning 20-30 foiziga teng sayyohlar kelishi kutilmoqda.

Odatda muzeyga tashrif buyuruvchilarning 75 foizini xorijlik sayyohlar tashkil qiladi, 2019-yilda muzeyga 9,6 million kishi tashrif buyurgan.

Avvalroq Parijdagi Eyfel minorasi 3 oylik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют