» » APL. “Tottenhem” avtogol evaziga “Everton”dan ustun keldi

APL. “Tottenhem” avtogol evaziga “Everton”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 33-turida “Tottenhem” 6-iyul, dushanba kuni “Everton”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida maydon egalari bahsdagi yagona golni kiritishga erishdi: Jovani Lo Chelsoning zarbasidan keyin to‘p Maykl Kinga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “shporlar” ochkolarini 48 taga yetkazib olgan holda 8-o‘ringa ko‘tarildi. “Everton” (44) esa 11-pog‘onaga tushib ketdi.

APL

33-tur bahsi

6-iyul, dushanba

Gol: 1:0 – 24, avtogol Kin.

“Tottenhem”: Lyoris, Orye, Alderveyreld, Dayer, Devis, Sissoko, Uinks, Lo Chelso (Vertongen, 90), Lukas Moura (Lamela, 82), Keyn, Son Hyon Min (Bergveyn, 78).

“Everton”: Pikford, Koulmen (Sidibe, 77), Kin, Holgeyt (Mina, 36), Din, Devis (Kin, 77), Sigurdsson (Bernard, 67), Andre Gomesh, Ivobi (Gordon, 46), Risharlison, Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Holgeyt (28), Sissoko (48), Devis (76), Alderveyreld (84), Andre Gomesh (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют