» » Jizzaxda Gentra oynasini sindirib, yukxonasidan 50 mln so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi

Jizzaxda Gentra oynasini sindirib, yukxonasidan 50 mln so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi


Jizzax viloyatida 40 tonna g‘alla sotishini aytib 51 yoshli E.D.ni aldab kechasi dala maydoniga olib kelgan va uning Gentra’sidan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolari qo‘lgan olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 2-iyul kuni 51 yoshli E.D. Mirzacho‘l tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1-iyul soat 13:00 da o‘zini “N” deb tanishtirgan shaxs unga qo‘ng‘iroq qilib, Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFYda fermer xo‘jaligi rahbari ekanligini, sotiladigan 40 tonna g‘allasini savdolashib narxiga kelisha olsa sotishini aytgan.

E.D. g‘allani ko‘rish uchun, shu kuni soat 20:30 da o‘z Gentra’sida Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFYga borgan, mashinani yo‘l chetiga qo‘yib, N. bilan taxminan 500 metr dalaga kirganida, sherigi qochib ketgan. E.D. orqasiga qaytib avtomobilni ko‘zdan kechirganda, Gentra’ning old oynasi singani, orqa yukxonadan 50 million so‘m pul o‘g‘irlab ketilgani ma’lum bo‘lgan. Arizachi ushbu tafsilotlarni o‘z shikoyatida bayon qilib, ushbu noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib ancha miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 24 yoshli Sh.X. va B.Y., 38 yoshli U.Y. va 35 yoshli D.Z. sodir etgani aniqlangan. Ulardan jami 6 million 930 ming so‘m pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Guruhning barcha a’zolari ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: Jizzaxda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 3 mlrd so‘mdan ko‘p pulni o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi

Avval Farg‘onada 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia’ni to‘xtatib, uning ichidan katta miqdordagi pul va haydovchining telefonini talonchilik yo‘li bilan tortib olgan jinoiy guruh vakillari ushlangani, murdasi Ohangarondagi chakalakzordan topilgan farg‘onalik kirakashni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs hibsga olingani, Dehqonobodda Surxondaryodan kelayotgan yuk mashinasini to‘xtatib, haydovchiga nisbatan talonchilik qilgan 3 yigit qo‘lga olingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют