» » Oqqo‘rg‘onda YPX xodimining pogonini va kamerasini yulib olgan 3 yo‘lovchi 15 sutkaga qamaldi (video)

Oqqo‘rg‘onda YPX xodimining pogonini va kamerasini yulib olgan 3 yo‘lovchi 15 sutkaga qamaldi (video)


Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida mast holatda yo‘l-patrul xizmati inspektorining pogonini va bodi kamerasini yulib olib, unga qarshilik ko‘rsatgan uch nafar fuqaro 15 sutkaga qamaldi, ularni olib ketayotgan haydovchi esa jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Oqqo‘rg‘on tumanida 2020-yilning 30-iyun kuni soat taxminan 12:30 da xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tekshirish uchun Spark mashinasini to‘xtatgan. Inspektor haydovchi X.J.ning hujjatlarini tekshirish vaqtida undan spirtli ichimlik hidi kelayotganligiga e’tibor qilgan va uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga taklif qilgan.

Shu vaqt avtomobil salonida bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi mashinadan tushib, YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsata boshlagan. Yo‘lovchilardan biri inspektorning pogoni va bodi kamerasini yulib olgan.

Shundan so‘ng, ushbu fuqarolar tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Yuzaga kelgan holatga oydinlik kiritilib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga jo‘natilgan.

Sud jarayonida voqea tafsilotlari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Haydovchi X.J.ga jarima, uning yo‘lovchilari Sh.A., I.A. va B.A.ga esa 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют