» » 9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar maktablariga hujjat topshirish muddati va tartibi ma’lum qilindi

9-sinf bitiruvchilarining kasb-hunar maktablariga hujjat topshirish muddati va tartibi ma’lum qilindi


9-sinfni yakunlagan bitiruvchilar kasb-hunar maktablariga shu yilning 5-iyulidan 20-iyuligacha hujjatlarni onlayn tarzda topshirishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Qayd etilishicha, tegishli qaror O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020-yildagi 1-son bayoniga muvofiq qabul qilingan.

Yangi tizim bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini kasb.edu.uz elektron platformasi orqali topshiradi.

Mavzuga doir: Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi

Bitiruvchilardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

Kasb-hunar maktablarida tikuvchi, chilangar, issiqxona va parnik xo‘jaligi laboranti, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, oshpaz, qandolatchi, asalarichi kabi 200 dan ortiq kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Hujjat topshiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan platforma orqali o‘zlariga kerakli kasblarni tanlashi va u haqda batafsil ma’lumotni olishlari mumkin.

Bunda ta’lim jarayonlari ko‘rsatilgan ishchi kasblar bo‘yicha 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida (kunduzgi ta’lim shaklida) yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan davlat byudjeti asosida kunduzgi ta’lim shaklida yoshlarning professional ta’lim olishini ta’minlaydigan 339 ta shunday Kasb-hunar maktablari tashkil etilishi belgilangan.

Kasb-hunar markazlariga hujjat topshiruvchilar qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil qilingan (+99871) 246-11-92 raqami (Ma’lumotlar markazi) orqali qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют