» » Toshkentda Suriyaga “jihod” qilmoqchi bo‘lgan 11 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdori qo‘lga olindi (video)

Toshkentda Suriyaga “jihod” qilmoqchi bo‘lgan 11 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdori qo‘lga olindi (video)


DXX va IIV xodimlari Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan mamlakatda taqiqlangan.

Aniqlanishicha, ushbu guruhni tashkil etgan shaxsning o‘zi dastavval shu yilning yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlar va terrorichilik  tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari hisoblanuvchi, hozirda Suriya va Turkiya davlatlarida yashab kelayotgan (asli qirg‘izistonlik) laqabi “Abu Saloh” bo‘lgan Sirojiddin Muxtorov, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Abdulloh Zufar” laqabli Zofir G‘afforov va “Sodiq Samarqandiy” laqabli Sodiq Muhammadiyevning da’vatlarini tinglab, ularning ta’siriga tushib qolgan.

So‘ngra o‘z atrofidagi insonlarni ham bu yo‘lga targ‘ib qila boshlagan.

2020-yilning mart oyiga kelib, u “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilish uchun Suriya davlatiga chiqib ketishni reja qilgan va buning uchun o‘ziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirib olgan. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin choralari uning rejasining ro‘yobga chiqishiga xalaqit bergan.

Ta’kidlanishicha, noqonuniy yig‘ilishlar davomida guruh a’zolari internet tarmog‘i orqali yuklab olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni tinglab, muhokama qilb kelgan. Hatto ularning bir nechtasi “hijrat” va “jihod” qilish uchun Suriya davlatiga borishga xayrixohlik bildirgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolarining yashash manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon hamda flesh-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq 2020-yil 24-iyunda Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olingani, 9-iyunda Boysunda “Jihodchilar” guruhi IIV va DXX tomonidan ushlangani, 28-mayda Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga tushirilgani haqida xabarlar berilgandi.di



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют