» » Ro‘ziqul Berdiyev: Jamoalar bizga qarshi o‘yinlarda himoyaviy uslubni tanlamoqda

Ro‘ziqul Berdiyev: Jamoalar bizga qarshi o‘yinlarda himoyaviy uslubni tanlamoqda


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Metallurg” uchrashuvidan (1:0) so‘ng ikki jamoa bosh murabbiylari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bu shaharda, bu stadionda o‘ynash doim zavq bag‘ishlaydi. Oxirigacha sabr qila olmadik, “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin durang adolatli natija bo‘lardi deb o‘ylayman. Ular o‘z o‘yinlarini o‘ynadi, biz o‘z vazifamizni bajardik. To‘rtinchi bor safarda o‘yin o‘tkazdik, baribir og‘ir. “Nasaf”dek yaxshi jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdik”, — deya Shipilovning so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

Shuningdek, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham o‘z fikrlarini bayon qildi.

“O‘ylaymanki, futbolchilarimiz barchani xursand qila oldi. Chunki oxirgi o‘yinlarda natija qoniqarsiz ko‘rinish olayotgandi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz nazorat uni qila oldik va shijoat bilan harakat qildik. “Metallurg” jamoasiga kam imkoniyat berdik. Ular ko‘proq qarshi hujumda o‘ynashga harakat qildi. Himoyachilarimiz raqib hujumlarini bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan yosh futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirdi. Bu qaysidir ma’noda g‘alabada bosh omil bo‘ldi.

Albatta, “Metallurg” biz uchun noqulay raqib. Lekin, tan olish kerak bekobodliklar tajribali jamoa. Tarkibiga nazar solib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoada murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishga imkoniyati bor jamoa. Shunga qaramay bugungi o‘yin to‘liq ustunligimizda o‘tdi. Ular qarshi hujumda ham deyarli imkoniyat yarata olmadi. O‘zingiz ko‘rayotgan bo‘lsangiz, bizga qarshi ko‘p jamoalar himoyaviy uslubni tanlamoqda.

Har bir uchrashuvlarda ruhiy jihatdan bosim bilan o‘ynamayapmiz. Buni o‘zingiz ham ko‘rdingiz. O‘tgan o‘yinlarni esdan chiqarishga harakat qilyapmiz. Agarda bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik, tajribali jamoani yengish oson bo‘lmasdi”, — deydi Berdiyev.

Mazkur o‘yindan keyin “Nasaf” ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Metallurg” (13) esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют