» » Samarqandda 61 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 38 nafarga yetdi

Samarqandda 61 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 38 nafarga yetdi


Koronavirus infeksiyasiga chalingan 61 yoshli samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 61 yoshli O.N. 2020-yil 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan. Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 37 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют