» » Video: Ochiq osmon ostida 10 yil turgan “Zaporojets” yana harakatlana boshladi

Video: Ochiq osmon ostida 10 yil turgan “Zaporojets” yana harakatlana boshladi


Salkam 10 yil ochiq osmon ostida yotgan “ZAZ-966” modelining egasi mashinasini sotishga qaror qildi, deb xabar beradi Carakoom.

Avtomobil egasi dastlab uni yurgizishga harakat qilib ko‘rgan. Benzin quyib, yangi akkumulyatorni ulagan bo‘lsa-da, bu hech qanday natija bermagan. Mashina harakatsiz qolavergan.

Shundan so‘ng, u “tramblyor” va o‘t oldirish qismini ta’mirlab, uchqun chiqarishga uringan. Bu ham yordam bermagan.

Uzoq urinishlardan so‘ng, “Zaporojets” o‘t olib, o‘zining V4 dvigatelini ishlatgan, u hatto old va orqaga bir necha metr yurgan.

“Sobiq Ittifoq texnikalari uzoq yashaydi. To‘g‘ri, u injiq va ko‘p e’tibor talab qiladi. Biroq shuncha yildan keyin qayta ‘tirila’ oladi. BMW yoki Hyundai shunday qila olarmidi?”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют