» » KXDR AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

KXDR AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi


Pxenyan Vashington bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida emas. Bu haqda KXDR TIVning AQSh ishlari bo‘yicha departamenti rahbari Kvon Chjon Ginga tayanib, Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

“Qo‘shma Shtatlar bilan bir stol atrofida uchrashish niyatimiz yo‘qligini yana bir bor ta’kidlaymiz”, — deyiladi TIV xabarida.

Kvon Chjon Ginning qayd etishicha, Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi avvalroq AQSh—KXDR sammiti borasidagi “bevaqt” mish-mishlarga nisbatan “o‘z pozitsiyasini aniq tushuntirib o‘tgan”.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi vakili o‘zining bayonotini “doim KXDR va AQSh muzokaralari o‘rtasida vositachilik qilish borasidagi harakatlarining o‘zgarishsiz qolayotganini baland ovozda oshkor qilayotgan” Janubiy Koreyaga nisbatan yo‘llagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi harakatlar Koreyalararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan, Kim Chen In esa Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to‘xtatib turishga qaror qilgan edi.

Mavzuga doir: KXDR Janubiy Koreyaga qarshi “agitatsion urush”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari iyun oyining boshlarida yomonlashdi. 14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют