» » Bolgariyada bir futbolchining koronavirus bo‘yicha noto‘g‘ri test tahlili maydondagi 19 nafar o‘yinchining zararlanishiga olib keldi

Bolgariyada bir futbolchining koronavirus bo‘yicha noto‘g‘ri test tahlili maydondagi 19 nafar o‘yinchining zararlanishiga olib keldi


“Sarsko Selo” klubi himoyachisi Martin Kavdanskining koronavirus uchun topshirgan test natijasi bo‘yicha noto‘g‘ri tahlil Bolgariya chempionatida futbolchilarning ommaviy kasallanishiga olib keldi. Bu haqida Sportstar xabar bermoqda.

“Cherno more” va “Sarsko Selo” klublari ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Uchrashuv 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan va 4:1 hisobida “Cherno more”ning g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuv oldidan “Sarsko Selo” himoyachisi Martin Kavdanski koronavirus uchun test topshirgan. Uning natijasi esa salbiy bo‘lgan. Natijada futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Uchrashuvdan so‘ng “Sarsko Selo” futbolchilari tekshiruvdan o‘tkazilganda, 3 ta yangi zararlanish holati aniqlangan.

“Cherno more” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘yindan so‘ng klubning 16 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan. Xabarda, shuningdek, barcha futbolchilar va klub xodimlari o‘zi-o‘zini yakkalash tartibiga olingani ham ta’kidlanmoqda.

Kavdanski test topshirgan laboratoriya futbolchida haqiqatan ham virus borligini aytib, o‘z xatosini tan olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют