» » Aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri AQShda yashayotgani hamda hozirda nima ish qilayotgani haqida so‘zlab berdi

Aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri AQShda yashayotgani hamda hozirda nima ish qilayotgani haqida so‘zlab berdi


Taniqli aktrisa Yulduz Hamidova 6 yildan beri Amerikaning Los-Anjeles shahrida yashab kelmoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda u AQShga nima uchun ketgani hamda hozirgi kunda qanday ishlar bilan bandligi haqida so‘zlab berdi.

“AQShga shu yerda o‘qiyotgan Fotima va Zuhra qizlarim bilan kelganman. Ularga qo‘shilib men ham talaba bo‘ldim. Los-Anjelesdagi kollejda tahsil olmoqdaman. Shuni aytishim kerakki, ta’lim olish uchun hech qachon kech bo‘lmas ekan. O‘qishda moliyaviy tomondan yordam berishadi, ham til o‘rganaman. Ingliz tilini juda yaxshi bilaman, deb ayta olmayman. Ozgina suhbatlasha olaman”, — deydi aktrisa.

Jonli efirda o‘tkazilgan suhbat davomida aktrisa muxlislarini qiziqtirgan barcha savollar, xususan, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga ham javob berdi.

“Turmush o‘rtog‘im neft sohasida ishlagan. Ular har doim meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular hozir Toshkentdalar”, — deydi aktrisa.

“Qizlarimga besh yoshligidan ingliz tilini o‘rgatganman. Ular Toshkentda ingliz tilini chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktabni tamomlagan. Maktabni bitirganidan so‘ng xorijda o‘qishni davom ettirishni istashdi. Avval Malayziyaga, keyin AQShga o‘qishga kelishdi”, — deydi aktrisa qizlari haqida.

Yulduz Hamidova har yili O‘zbekistonga kelishi hamda har kelganida biron film yoki serialda suratga tushishini aytib o‘tdi.

Xususan, u 2019-yilda O‘zbekistonga kelganida rejissor Muzaffar Erkinovning “Saodat” serialida suratga tushgan.

Ma’lumot uchun, Yulduz Hamidova faoliyati davomida turli janrdagi filmlarda takrorlanmas obrazlarni gavdalantirgan. Jumladan, “Temir erkak”, “Temir ayol”, “Tangalik bolalar”, “Chavandoz” kabi filmlar, “Tutash taqdirlar”, “Saodat” kabi seriallardagi obrazlari muxlislar qalbidan joy olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют