» » Namanganda 250 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan shifokorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda 250 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan shifokorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari tomonidan katta miqdordagi budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari F.B., A.T. va H.S. MChJlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 275,9 million so‘m bo‘lgan gipoxloridkalsiy dezinfeksiyalovchi vositalarni 524,8 million so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 248,9 million so‘mga qimmat narxlarda sotib olib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoro viloyat Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori 200 million so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilgani fosh etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют