» » Navoiy hokimi viloyatda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilganini e’lon qildi

Navoiy hokimi viloyatda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilganini e’lon qildi


Navoiy viloyatida koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovning 7-iyul kuni viloyat aholisiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilingan.

“Eng ayanchlisi shundaki, kuni kecha viloyatimizda olib borilayotgan davolash profilaktika tadbirlari, tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi”, — dedi Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov.

Hokim o‘lim holati aynan qachon yuz bergani, bemorning yoshi va jinsiga doir ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Ta’kidlash joiz, Navoiy viloyatidagi o‘lim holati yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha biror axborot bergani yo‘q.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘rinbosari X.Sh. koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют