» » Davlat departamenti AQSh hududida TikTok bloklanishi mumkinligini ma’lum qildi

Davlat departamenti AQSh hududida TikTok bloklanishi mumkinligini ma’lum qildi


AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida Vashington mamlakat hududida TikTok servisini bloklash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Pompeo boshlovchining “AQSh ham Hindiston va Avstraliya kabi Xitoy ilovasini bloklaydimi?”, degan savoliga javob berar ekan, bu sodir bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Davlat kotibi ushbu masalaga batafsil to‘xtalib o‘tmagan, biroq fuqarolarga “shaxsiy ma’lumotlari Xitoy kommunistlarining qo‘liga tushib qolmasligi uchun TikTok’dan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishni” maslahat bergan.

AQSh davlat kotibi 2019-yilda AQSh ZTE va Huawei kompaniyalari Amerika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga taqdim etishda gumonlab, ularning milliy xavfsizlikka tahdid solishini e’lon qilganini eslab o‘tgan.

Avvalroq Reuters agentligi TikTok Gonkongda o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Bunga Xitoy parlamenti tomonidan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning kuchga kirishi sabab bo‘lgan. Iyun oxirlarida Xitoy “sotsializm qadriyatlaridan chekingani uchun” TikTok’ka egalik qiluvchi kompaniyani jazolagan edi.

Mavzuga doir:

TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi. 2016-yilning sentabr oyida ishga tushirilgan dastur Xitoyda qisqa videolar bo‘yicha yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют