» » River: deyarli har qanday qurilma uchun mos keluvchi ulkan tashqi akkumulyator (foto)

River: deyarli har qanday qurilma uchun mos keluvchi ulkan tashqi akkumulyator (foto)


Aprel oyida EcoFlow Tech kompaniyasi Indiegogo kraudfanding platformasida litiy-ionli batareyalarda ishlaydigan portativ akkumulyatorni ishlab chiqarish uchun mablag‘ to‘plash kampaniyasini ishga tushirdi, deb yozadi TJournal. Dastlab maqsad 30 ming dollar to‘plashdan iborat edi: uch haftadan so‘ng River uchun mablag‘lar undan o‘n karra oshib ketdi.

River — kichik qahva tayyorlash mashinasi hajmiga teng dastakli plastik quti bo‘lib, uning ichida batareyalar va sovitish tizimi joylashgan. Bu 116 A/soat sig‘imli akkumulyator: uning yordamida iPhone 7 Plus’ni naq 40 marta quvvatlantirish mumkin. Ammo ko‘plab turli portlar shuni anglatadiki, oddiy tashqi akkumulyatorlardan farqli o‘laroq, River nafaqat USB-qurilmalar uchun, balki boshqa ko‘plab uskunalar uchun ham to‘g‘ri keladi.

River’da ikkita USB port, tezkor quvvat uchun ikkita USB port va tezkor quvvat uchun yana ikkita USB-C port mavjud. Bundan tashqari, qurilmada yana ikkita rozetka bor: ularga noutbuk va yoritgichlardan tortib, musiqiy ovoz kuchaytirgichlar va qurilish uskunalarigacha bo‘lgan qurilmalarni ulash mumkin.

Yana ikkita port avtomobildan va elektr tarmoqdan quvvat olish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning old panelidagi tabloda quvvat qancha qolgani aks etadi.

Besh kilogramm og‘irlikdagi akkumulyatorning o‘zini elektr tarmog‘i (taxminan 6 soat) yoki mashinadan (9 soat) quvvatlantirish mumkin. Generatorga qo‘shimcha ravishda 50 vattli quyosh batareyalarini sotib olish mumkin (249 dollarga).

Qurilma yetkazib berish xizmatini hisobga olmaganda 499 dollar turadi. Uni AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yevroittifoq mamlakatlaridan buyurtma qilish mumkin. Ilk qurilmalarni iyun oyida yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют