» » Xorxe Masvidal: “Kamaru Usmonni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman”

Xorxe Masvidal: “Kamaru Usmonni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman”


Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xorxe Masvidal Kamaru Usmon bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men har qachongidan ham baxtliman. Uning yuzini bejash uchun u yerga (Abu-Dabiga) jo‘nab ketyapman va buning uchun menga pul ham to‘lashadi.

Mashg‘ulotlarni to‘xtatmadim. Qanday formadaman? Ben Askrenga qarshi jang qilmagan bo‘lardim, chunki u aqlbovar qilmas jangchi. Ehtimol, Darren Till bilan ham jang qilmasdim. Ammo bu to‘nkani (Kamaru Usmon — tahr.) bemalol mag‘lub eta olaman.

G‘alabam shiddatli bo‘ladi. U zo‘rg‘a nafas oladi, men esa qo‘limni boshim uzra baland ko‘taraman. Uni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman. Bu — shafqatsiz bo‘ladi”, — deydi Masvidal.

Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal va Usmon Kamaru jangi Abu-Dabidagi UFС 251 musobaqasida Toshkent vaqti bilan 12-iyul kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют