» » Toshkentda 79 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda 79 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi


Koronavirus infeksiyasiga chalingan toshkentlik 79 yoshli bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. ismli erkak 19-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2-iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.

Unga COVID-19, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. SSV xabarida bemorning qaysi kuni vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Toshkent shahrining o‘zida koronavirusdan 24 kishi vafot etdi. 79 yoshli X.B. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusdan vafot etgani tasdiqlangan 39-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 38 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют