» » Messi erasi. “Barselona” uchun 500 ta gol urgan hujumchi “El-Klasiko” to‘purariga aylandi

Messi erasi. “Barselona” uchun 500 ta gol urgan hujumchi “El-Klasiko” to‘purariga aylandi


Madridning “Real” klubiga qarshi Ispaniya La ligasining 33-turida dubl qayd etgan Lionel Messi barcha “El-Klasiko”larning eng yaxshi namoyondasiga aylandi.

Messi o‘zi ishtirok etgan “El-Klasiko”larda jami 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu borada u yaqqol peshqadam hisoblanadi.

Ispaniya La ligasi doirasidagi “El-Klasiko”larda esa uning gollari kechagi bellashuvga qadar 13 tani tashkil qilayotgan bo‘lib, bu borada argentinalik hujumchi afsonaviy Alfredo Di Stefanodan ortda qolib ketayotgandi. 2017-yilning 23-aprel kuni Messi bu borada ham peshqadamga aylandi va La ligadaning “El-Klasiko”laridagi gollarini 15 taga yetkazib oldi.

Lionel Messi “Real”ga qarshi o‘yin yakuniga 10 soniya vaqt qolganida “Barselona”dagi 500-golini urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Marseloning tirsagidan zarba qabul qilib olganiga qaramay, Messi o‘zini o‘nglay oldi va yakunda dubl qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” uchun La ligada 343 ta, Ispaniya kubogida 43 ta, Chempionlar ligasida 94 ta va boshqa turnirlarda 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют