» » Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali o‘zgarishi mumkin

Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali o‘zgarishi mumkin


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdan, xususan, Rossiyadan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 6-iyuldan 19-iyulga qadar amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilingandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan agentlik fuqarolardan aviachiptalar xarid qilishda shoshmaslikni, norasmiy ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.

“Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tashkilotlari rasmiy xabarlarini kutish tavsiya etiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq 28-iyundan 5-iyulga qadar Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys orqali Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan. 22-iyundan 5-iyulgacha 21 ta charter reysda xorijdagi o‘zbekistonliklar olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют