» » Toyota yon tomoni bilan harakatlana oladigan avtomobillar uchun “povorotnik” o‘ylab topdi

Toyota yon tomoni bilan harakatlana oladigan avtomobillar uchun “povorotnik” o‘ylab topdi


AQSh Patentlar va tovar belgilari byurosi (USPTO)da Toyota tomonidan taqdim etilgan noodatiy avtomobil chizgilari paydo bo‘ldi. Hujjatdagi chizmalarga ko‘ra, gap yon tomoni bilan harakatlanadigan, burchak ostida va joyida burila oladigan avtomobil haqida ketmoqda, deb xabar beradi Motor.

Chizmalarda mashinaning imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan: g‘ildirak 90 darajaga burila oladi. Kompaniya bu kabi avtomobil noodatiy manyovrni amalga oshirayotgani to‘g‘risida atrofdagilarni ogohlantiruvchi nostandart “povorotnik” ham o‘ylab topgan. Orqa tarafdan har bir tomonga burilish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi to‘rttadan chiroq o‘rnatilgan: haydovchi o‘ng yon tomonga burilmoqchi bo‘lsa, chiroqlarning eng chap tarafdagisi o‘ng tomonga qarab yona boshlaydi. Bundan tashqari, avtomobil qaysi tomonga harakatlansa, o‘sha tomon g‘ildiragini yoritish taklif etilmoqda.

Toyota noodatiy avtomobilni patentlagani, bu kompaniya uni ishlab chiqarishga kirishganini bildirmaydi. Bu kabi mashina hali seriyali ishlab chiqarilmasligi ham mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют